Tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ respublikasi rasmiylari o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, tan olinmagan respublika armiyasi qurolsizlantiriladi. Ozarbayjon vakillari bilan hududdagi armanlarning reintegratsiyasi yuzasidan muzokara o‘tkaziladi.
Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Bahrom A’loyevning ma’lum qilishicha, Ukrainada harbiy harakatlar boshlanganidan buyon 6030 nafar o‘zbekistonlik maxsus reyslar orqali evakuatsiya qilindi. Yil davomida xorijdagi fuqarolar uchun 200 mingdan ortiq konsullik operatsiyasi amalga oshirildi.
Mudofaa vazirligi O‘zbekistonda xorijiy davlatlar tomonidan harbiy xizmatga yollash boshlangani haqidagi ma’lumotlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi. «O‘zbekiston harbiy xizmatchilari mamlakatdan tashqaridagi harbiy harakatlarda ishtirok etmaydi», — deyiladi bayonotda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting